Samarada qolayotgan o‘zbekistonliklar vatanga jo‘natildi

Jahon 13:06 / 07.06.2020 6992

Avvalroq O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida Orenburg va Samara oblastlarida koronavirus pandemiyasi sababli yopilgan Rossiya-Qozog‘iston chegarasi yaqinida vatanga qaytishni istayotgan 300 ga yaqin o‘zbekistonlik qolayotgani ma'lum qilingan.  

“Bugun (6 iyun) O‘zbekistonning 367 fuqarosi Samara oblastini tark etdi. Ular Qozog‘iston bilan chegaradagi “Mashtakovo” o‘tkazish punktida (Orenburg viloyati) chegarani kesib o‘tdilar”, deb ma'lum qilingan oblast matbuot xizmatida “RIA Novosti” axborot agentligiga. 

Ma'lum qilinishicha, Qozog‘iston hududida o‘zbekistonliklarni vatanga qaytaradigan avtobuslar kutib olgan. 

May oyida Rossiya va Qozog‘iston hukumati diplomatik vakolatxonalar tomonidan shakllantirilgan ro‘yxat bo‘yicha 280 o‘zbekistonlikni yer usti transporti bilan Rossiya hududidan olib chiqishga ruxsat bergandi.  

Ko‘proq yangiliklar: