BMW 5 ming xodimini bo‘shatadi

Jahon 09:33 / 07.06.2020 5957

Kompaniya shu yo‘l bilan o‘zining iqtisodiy holatiga jiddiy ziyon yetkazgan pandemiya oqibatlarini yengib o‘tishga harakat qilmoqda. Pandemiya sababli turli davlatlarda kiritilgan cheklovlar sababli kompaniya avtomobillariga talab pasayib ketdi. Ba'zi davlatlarda esa BMW mashinalariga talab nol qiymatgacha tushib ketgan.

2020 yilning 1-choragida kompaniya mashinalari savdosi jahon bozorida 6,4 foizga tushib ketgan. Kompaniya mutaxassislarining fikricha, bozor sust tiklanadi. Shu sababli, daromad olish muammo bo‘lib qoladi.

Kompaniya o‘z xarajatlarini qisqartirish uchun keskin choralarga, jumladan o‘z korxonalarida ishlovchi xodimlari sonini qisqartirishga majbur bo‘lmoqda. Bunda ishdan bo‘shatiladigan xodimlarga kompensatsiya to‘lash yoki muddatdan oldin pensiyaga chiqish kabi variantlar taklif etilishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: