Yolg‘iz haydovchi mashinada tibbiy niqobsiz harakatlanishi mumkin - Toshkent shahar IIBB

O‘zbekiston 16:23 / 06.06.2020 68560

Ta'kidlanishicha, bunday vaziyatda avtotransport vositasida haydovchidan boshqa hech kim bo‘lmasligi lozim. Shuningdek, u harakatni to‘xtatgan payti tibbiy niqobni taqishi lozim. 

O‘zbekiston hukumati maxsus komissiyasi o‘rnatgan tartib bilan jamoat joyida himoya niqobisiz bo‘lish ma'muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Ushbu holat avtomobil boshqaruvidagi haydovchilarga nisbatan ham tatbiq etilayotgandi. 

Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning aytishicha, avtomobildagi yo‘lovchi va haydovchilarning ham jarimaga tortilishiga aholining karantin tartibiga bepisand munosabatda bo‘layotgani sabab bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: