Yashnobod tumani kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriladi - Hukumat qarori loyihasi

Jamiyat 10:30 / 06.06.2020 1965

Vazirlar Mahkamasining “2020-2022 yillarda Toshkent shahrining Yashnobod tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari tomonidan ishlab chiqilgan “2020-2022 yillarda Toshkent shahrining Yashnobod tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi” ma'qullanadi.

Dasturning asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:

tumanni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholining, xususan xotin-qizlar, yoshlar va kam ta'minlangan fuqarolarning bandligini ta'minlash orqali ularning daromadlarini va turmush darajasini oshirish;

kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish;

yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha qo‘shimcha investitsiya loyihalarini amalga oshirish;

sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish orqali soliq bazasini kengaytirish;

muhandislik kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholini toza ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr va issiqlik energiyasi bilan ta'minlanganlik darajasini oshirish;

aholi yashash joylarining me'moriy qiyofasini tubdan o‘zgartirish hamda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish;

ko‘p xonadonli uy-joylarni ta'mirlash va atroflarini obodonlashtirish choralarini ko‘rish.

Quyidagilar:

sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati;

yo‘l-transport infratuzilmasi tizimini yaxshilash, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihalar;

elektr energiya ta'minotini yaxshilash hamda tarmoqlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihalar;

tabiiy gaz ta'minotini yaxshilash hamda tarmoqlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihalar;

toza ichimlik suv hamda oqova suv tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihalar;

issiqlik tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihalar;

obodonlashtirish boshqarmasining moddiy-texnika bazasini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar;

maktabgacha ta'lim muassasalarini yangidan qurish va ta'mirlash bo‘yicha loyihalar;

umumta'lim maktablarini yangidan qurish, ta'mirlash bo‘yicha loyihalar;

sog‘liqni saqlash obektlar qurish, ta'mirlash borasida amalga oshiriladigan loyihalar;

sport obektlarini qurish va ta'mirlash bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalar;

madaniyat muassasalarini ta'mirlash va tiklash bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalar;

o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatlarini muvofiqlashtirish bo‘limlari binolarini qurish va ta'mirlash bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalar tasdiqlanadi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta'lim vazirligi Yashnobod tumani 29-oilaviy poliklinikasi yangi binoga ko‘chishini inobatga olib, poliklinikaning amaldagi binosi tuman xalq ta'lim bo‘limi tasarrufiga o‘tkazadi.

Yashnobod tuman hokimligi 14 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida “Zamonaviy mahalla” loyihasi asosida mahalla idoralari binolarini qurish uchun salohiyatli tadbirkorlarni jalb qilish va ushbu maqsadlarda yer ajratish choralari ko‘riladi.

Ko‘proq yangiliklar: