Xitoy O‘zbekistonga yangi transport yo‘lagini ochdi

O‘zbekiston 08:48 / 06.06.2020 13259

Kecha, 5 iyun kuni Xitoyning Lanchjou shahridan 25ta 40 futli konteynerlarda eksport yuki ortilgan poyezd “Lanchjou – Qashg‘ar – Irkeshtom – O‘sh – Andijon –  Toshkent – Mari” yo‘nalishida multimodal tranzit tashuvni amalga oshirish uchun yo‘lga chiqdi.

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, mazkur yo‘nalish bo‘ylab multimodal yuk tashuvlarini yo‘lga qo‘yish “O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy” avtomobil koridori imkoniyatlaridan samarali foydalanishni tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlarning natijasidir. 

“Lanchjou – Qashg‘ar – Irkeshtom – O‘sh – Andijon –  Toshkent – Mari” yo‘nalishi bo‘ylab ilk multimodal tranzit yuk tashuvi joriy yilning may oyida amalga oshirilgan. Yo‘nalish bo‘ylab yuk tashuvi “temir yo‘l transporti – avtomobil transporti – temir yo‘l transporti” sxemasida tashkil etilgan. Ilk jarayonning o‘ziyoq “O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy” avtomobil koridori imkoniyatlari nihoyatda katta ekanligini namoyish etdi.

Boshqa davlatlar yuklarini jalb qilgan holda bu kabi multimodal tashuvlarni tashkil etish bir nechta davlatlarning xalqaro transport va savdo tizimlariga muvaffaqiyatli integratsiyasiga xizmat qiladi, deyiladi ma'lumotda.

Ko‘proq yangiliklar: