Samarqandda poyezdga ulangan sisternadan oqib tushgan xlorid kislotasi bilan bog‘liq kimyoviy xavf bartaraf etildi

Jamiyat 10:41 / 06.06.2020 4434

Joriy yilning 4 iyun kuni taxminan soat 18:15da Samarqand viloyati FVB navbatchilik qismiga «O‘zbekiston temir yo‘llari» Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli «Zarafshon» temir yo‘l bekatida yuk poyezdiga ulangan sisternadan xlorid kislotasi oqib tushayotganligi va undan inson uchun xavfli hisoblangan o‘tkir hidli zaharli gaz havoga tarqalayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

FVV ma'lumotida aytilishicha, mazkur xabarga ko‘ra Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv guruhi hodisa joyiga zudlik bilan yetib borgan. 

Qutqaruvchilar tomonidan maxsus texnikalar yordamida ko‘rilgan tezkor choralar natijasida vaziyat to‘liq nazoratga olinib, soat 19:15lar atrofida kuchli ta'sir etuvchi zaharli modda bilan bog‘liq kimyoviy xavf bartaraf etildi.

Ko‘proq yangiliklar: