Qozog‘iston prezidentining matbuot kotibi koronavirus yuqtirib olganini ma'lum qildi

Jahon 22:22 / 06.06.2020 5533

Qozog‘iston prezidentining matbuot kotibi Berik Kurmangali COVID-19 koronavirus infeksiyasiga topshirgan testi musbat chiqqanligini ma'lum qildi.

"Afsuski, barcha ehtiyot choralariga qaramasdan, koronavirusga topshirgan oxirgi testim natijasi musbat chiqqanligini ma'lum qilmoqchiman. Hozirda shifoxonada shifokorlar kuzatuvidaman", - deb yozdi u o‘zining Facebook sahifasida.

Kurmangalining so‘zlariga ko‘ra, uning salomatligi holati qoniqarli.

Berik Kurmangali

U shuningdek, mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev belgilangan jadval asosida ishlayotganligi, prezidentning sog‘ligiga hech narsa xavf solmayotganligini ta'kidladi.

"Davlat rahbari muntazam ravishda test topshirmoqda. Oqo‘rdada sanitariya rejimi kuchaytirildi, xavfsizlik choralari keskinlashtirildi", - deb yozdi Kurmangali.

Qozog‘istonda koronavirus yuqtirganlar soni 12,5 mingdan ortik bo‘lib, 53 kishi vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: