FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, 2020 yil 6 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:04da O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida yer silkinishi sodir bo‘ldi.
Yer silkinishi koordinatalari: 41,25 gradus shimoliy kenglik; 72,02 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3. Chuqurlik 10 km.
Yer silkinishi episentridan Toshkentgacha masofa 234 km sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.
Yer silkinishi O‘zbekiston hududida:
Namangan: 40 km, 2 ball;
Andijon: 59 km, 2 ball.