Markaziy bank kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavkalarni 21 foiz etib belgiladi

O‘zbekiston 22:20 / 06.06.2020 36625

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Farg‘onaga tashrifi yuzasidan «O‘zbekiston 24» telekanalida efirga uzatilgan reportajda mamlakatning kelgusi monetar siyosati bo‘yicha o‘zgarishlar ma'lum qilindi. 

Ta'kidlanishicha, Shavkat Mirziyov pul tushumi keskin qisqargan korxonalarni aylanma mablag‘lar bilan to‘ldirish va eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 1 trillion so‘m kredit ajratilishi bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatma bergan. 

«Markaziy bank kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarni 21 foiz atrofida bo‘lishini belgilandi. Ya'ni besh foizli kompensatsiya berilsa, tadbirkor uchun kredit 16 foizga aylanadi», – deyiladi efirga uzatilgan lavhada.

Joriy yilning 15 aprel kuni Markaziy bankning asosiy stavkasi 1 foiz bandga pasaytirilib, yillik 15 foiz darajasida belgilangan. Shunday qilib, pandemiyada ajratilgan ayrim kreditlar qayta moliyalash stavkasi darajasiga pasayishi mumkin. 

 Davlat rahbari biznes loyihalarni moliyalashtirish uchun kredit resurslar hajmini 25 foizga oshirish, har bir sektorda kambag‘allikka qarshi kurashish shtabini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Jahon banki ishtirokida bu yil qishloq joylarda tadbirkorlik loyihalari uchun 26,5 million dollar ajratilishi, oilaviy tadbirkorlik dasturlariga 400 milliard so‘m kredit yo‘naltiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: