Mahalladagi vaziyatga Milliy gvardiya ham javob beradi

O‘zbekiston 14:41 / 06.06.2020 16727

Prezidentning “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, mahalla tizimini rivojlantirish va jamiyatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini joriy etishning 2020 — 2024 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga:

a) ikki oy muddatda:

Mahalladagi vaziyatga profilaktika inspektori bilan birga Milliy gvardiya ham birdek javob berish tamoyilini joriy qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.

b) uch oy muddatda:

“Xavfsiz mahalla” tamoyilini hayotga tatbiq qilish va mahallada jinoyatni jilovlashning yangi tizimini samarali tashkil etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

“Xavfsiz mahalla” jamoatchilik kengashini tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.

O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, hududiy xotin-qizlar va nuroniylar jamoatchilik kengashlarining:

Respublika Nuroniylar jamoatchilik kengashi hamda Xotin-qizlar jamoatchilik kengashini tashkil etish;

O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosarini – Respublika Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi raisi etib belgilash;

Vazirning tegishli o‘rinbosarini – Respublika Nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi etib belgilash to‘g‘risidagi takliflari qo‘llab-quvvatlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: