JSST Britaniya rad etganiga qaramay koronavirusga qarshi gidroksixloroxin sinovlarini davom ettirmoqchi

Jahon 06:37 / 06.06.2020 4073

«Bu – ikki xil tadqiqot, biz o‘z qo‘llanmalarimizga ko‘ra ishimizni davom ettiramiz. Kasallikka qarshi kurashdagi tadqiqotlarga oid jahondagi barcha ochiq ma'lumotlarni qabul qilamiz. Jamoatchilikni natijalar bilan tanishtirishda davom etamiz», – dedi Sumya Svaminatan.

Gidroksixloroxin – bezgakka qarshi preparat bo‘lib, JSST tomonidan ma'lum muddat koronavirusga qarshi ham qo‘llanilgan, may oyi oxiriga kelib esa bu amaliyot to‘xtatilgandi. Bunga sabab – qator olimlarning bu dori vositasi koronavirusga qarshi nafaqat befoydaligi, balki inson organizmiga zarar keltirishi mumkinligi bo‘yicha ogohlantiruvlari bo‘lgandi.

Ammo 3 iyunga kelib JSST COVID-19 kasalligini davolashda yana bu dori qo‘llaniluvchi tadqiqotlarni davom ettira boshladi.

Mart oyida AQSh prezidenti Donald Tramp gidroksixloroxin preparatini keng qo‘llashni yoqlab chiqqan, o‘zi ham profilaktika maqsadida bu dorini muntazam qabul qilishini aytgandi.

Bundan oldinroq o‘z tadqiqotlarini e'lon qilgan britaniyalik olimlar gidroksixloroxinning COVID-19 kasalligini davolashda samarasiz ekanligi bo‘yicha xulosaga kelganliklarini bildirganlar.

Tadqiqot olib borgan professorlar Martin Lendrey va Piter Xorbi 175ta shifoxonadagi 11 ming nafardan ortiq bemor kuzatib, bu dorining koronavirusga qarshi befoydaligini aniqlaganliklarini ma'lum qilganlar.

Ko‘proq yangiliklar: