Bolsonaru Braziliya JSSTdan chiqib ketishini aytib tahdid qildi

Jahon 15:29 / 06.06.2020 5823

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) vakili Margaret Xarris koronavirus pandemiyasi sababli joriy etilgan cheklovlarni olib tashlashga shoshmaslik kerakligini aytganidan so‘ng Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru mamlakat ushbu tashkilotdan chiqib ketishi mumkinligini aytdi.

Jyenevadagi matbuot anjumanida JSST vakili Braziliyadagi cheklovlarning yumshatilishi haqidagi savolga javob berarkan, infeksiya tarqalishi sekinlashishi asosiy omil bo‘lishi kerakligini aytdi.

"Lotin Amerikasidagi epidemiya chuqur xavotir uyg‘otmoqda", - deb ta'kidladi Xarris.

Shundan so‘ng Bolsonaru agar JSST "siyosiy partizanlik tashkiloti" bo‘lishni to‘xtatmasa, Braziliya undan chiqib ketishini aytdi.

U COVID-19 oddiy grippchalik xavfli emas degan fikrda va mamlakatda karantin choralarini joriy etishga qarshi chiqmoqda.

Braziliya sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumot berishicha, mamlakatda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 600 mingdan ortiq holat qayd etilgan, bir sutkada 1437 kishi vafot etgan. Pandemiya boshlanganidan buyon Braziliyada 34 ming kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Ko‘proq yangiliklar: