Vaksinalash bo‘yicha Jahon sammiti ishtirokchilari 8,8 mlrd dollar to‘plashdi

Jahon 08:22 / 05.06.2020 3470

Sammit Britaniya bosh vaziri Boris Jonson tashabbusi bilan o‘tdi. Tadbirda 25 ta davlat rahbarlari va bosh vazirlari, 50 dan ko‘proq yuqori martabali rasmiy shaxslar, yirik kompaniyalar rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etishdi. 

“Mana barchamiz kutgan summa: biz keyingi 5 yil davomida Vaksinalar va immunizatsiya bo‘yicha global alyans uchun fantastik summa - 8,8 mlrd dollar yig‘dik”, deb aytgan Britaniya bosh vaziri.  

Sammit 4 iyunda GAVI tashkil topganining 20 yilligi munosabati bilan chaqirtirildi. Dastlab alyans uchun 7,4 mlrd dollar to‘plash maqsad qilingandi.

GAVI nochor davlatlarda bolalar vaksinatsiyasi imkoniyatini oshirish maqsad qilingan, bir qator xususiy va hukumat tashkilotlarining hamkorligi hisoblanadi. Alyans 2000 yilda nochor davlatlarda vaksinalash bo‘yicha ishlar yomonlashgani ortida tashkil etilgan.

Joriy yilda koronavirusdan vaksina topishni jadallashtirish lozimligi sababli sammitga e'tibor yuqori bo‘ldi.  

Ko‘proq yangiliklar: