Toshkentda bir kunda 140 bemor tuzalib, rekord qayd etildi

O‘zbekiston 17:10 / 05.06.2020 25663

«Poytaxtimizdagi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 83 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 34 nafar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida  22 nafar hamda 3-sonli tug‘ruq majmuasida 1 nafar, jami 140 nafar bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Koronavirusga qarshi fidoyilik bilan kurashayotgan shifokorlarimizning sa'y-harakatlari tufayli bugunning o‘zida Toshkent shahridan bir yo‘la 140 nafar bemor ushbu infeksiyadan forig‘ bo‘lib, shu paytgacha kunlik sog‘ayish ko‘rsatkichlari bo‘yicha rekord natija qayd etildi. Ular orasida 84 yoshli onaxonning ham shifo topgani  yanada quvonarli voqea bo‘ldi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida. 

Shunday qilib, Toshkent shahrida shu paytga qadar tuzalganlar 1234 nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, endilikda ularning soni 1374 nafarga yetib, davolanayotgan bemorlar soni 516 nafarni tashkil etmoqda.

Ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 3227 nafarga yetgan.

Shifoxonalarda 722 nafar bemor davolanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: