O‘zbekistonning JCh-2022 saralashi doirasidagi qoldirilgan o‘yinlari qachon o‘tkazilishi ma'lum bo‘ldi

Sport 15:02 / 05.06.2020 12699

O‘zbekiston milliy jamoasining JCh-2022 saralashidan o‘rin olgan uchta qoldirilgan o‘yini qaysi muddatda o‘tishi aniq bo‘ldi. Bu haqda Tribuna.uz manbasi ma'lum qildi.

Unga ko‘ra, 31 mart kuni o‘tishi kerak bo‘lgan va koronavirus sabab qoldirilgan Yamanga qarshi safardagi o‘yin 13 oktabr kuni o‘tkaziladi. O‘yinning qaysi stadionda o‘tishini esa Yaman futbol federatsiyasi tasdiqlashi kerak.

4 iyun kuni o‘tkazilishi kerak bo‘lgan va qoldirilgan Singapurga qarshi o‘yin 12 noyabr kuni O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Stadion hali tasdiqlanmagan. Nihoyat 9 iyun kuni o‘tkazilishi kerak bo‘lgan Saudiyaga qarshi mehmondagi o‘yin 17 noyabr kuni Saudiyada o‘tkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: