O‘zbekistonda yana 26 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekiston 10:03 / 05.06.2020 49097

«2020 yil 5 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3965 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 12 nafari karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 5 nafari Samarqand viloyatida hamda yana 5 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan fuqarolarda, 2 nafari Sirdaryo viloyatida hamda 1 nafari Toshkent viloyatida Rossiyadan chegara post orqali yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, qolgan 1 nafari esa Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

4 iyun kuni 96ta yangi zararlanish holati qayd etildi, 73 bemor tuzaldi va shu vaqtgacha tuzalganlar soni 3087 nafarga yetdi.

Ayni vaqtda shifoxonalarda 862 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 9 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Ko‘proq yangiliklar: