O‘zbekiston Jahon banki va Xalqaro valuta jamg‘armasidan moliyaviy nazorat tizimini isloh qilishda yordam so‘ragan – Timur Ishmetov

O‘zbekiston 08:07 / 05.06.2020 4505

U bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2019 yildagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot muhokamasi chog‘ida ma'lum qildi.

“Hozirgi paytda Jahon banki va Xalqaro valuta jamg‘armasidan O‘zbekistondagi moliyaviy nazorat tizimini isloh qilishda yordam berishini iltimos qilganmiz. Ayni paytda texnik ko‘mak ko‘rsatilib, birlamchi ishlar boshlandi. Qisqa muddatlarda davlat moliyasini nazorat qilish tizimini tubdan isloh qilish konsepsiyasi ishlab chiqiladi.

Unga ko‘ra avvalambor har bitta vazirlikda bundan buyog‘iga ichki audit departamenti faoliyatini qayta ko‘rib chiqiladi. Buning uchun moliya vazirligi qoshida aynan ichki audit departamentlarining metodologiyasini ishlab chiqish, ularga yordam berish, shu faoliyatni qanday to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha moliya vazirligida metodologiya departamenti tashkil etiladi. Ularga o‘rgatmasdan turib yangi tashkil etilgan bo‘limlarning to‘g‘ri ishlashini ta'minlash qiyin”, deya Timur Ishmetovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Moliya vazirining ta'kidlashicha, vazirlik qoshidagi moliyaviy nazorat departamentining faoliyati ham qayta ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: