MTV bog‘chalar faoliyatini tiklash borasida qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqmoqda

O‘zbekiston 15:19 / 05.06.2020 19089

Maktabgacha ta'lim vazirligi Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha Respublika Maxsus komissiyasi “sariq” va “yashil” hududlarda, MTT rahbariyati va xodimlari tomonidan zarur xavfsizlik choralarini ta'minlangan holda, ushbu tashkilotlar faoliyatini qayta tiklashga ruxsat berilishi haqida qaror qabul qilinganligini ma'lum qildi.

Bildirilishicha, ayni vaqtda Maktabgacha ta'lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi agentligi, xalqaro tashkilotlar, YuNICeF va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakillaridan iborat ishchi guruhi tomonidan MTT faoliyatini tiklash borasida qo‘yiladigan talablar tartibini o‘z ichiga olgan nizom ishlab chiqilmoqda. 

Talab etiluvchi xavfsizlik choralarini ta'minlab bera oluvchi xususiy MTT 2020 yil 15 iyundan faoliyatini boshlashi mumkin.

“Ayni damda Maktabgacha ta'lim vazirligi MTT faoliyati xavfsizligini ta'minlash maqsadida barcha sharoitlarni yaratish, jumladan, ularda tarbiyalanuvchilar ovqatlanishini tashkil etish uchun oziq-ovqatlarni xarid qilish, himoya vositalarini sotib olish, o‘rnatish va dezinfeksiya qilish, MTT xodimlarini mehnat ta'tilidan ishga chaqirish bo‘yicha tegishli rasmiylashtirish bo‘yicha tashkiliy ishlarni amalga oshirmoqda.

Hozirgi vaqtda barcha MTT rahbariyati va xodimlari oldidagi eng muhim vazifa - bu bolalar xavfsizligini ta'minlashdir. Shundan kelib chiqqan holda, Maktabgacha ta'lim vazirligi MTT tarbiyalanuvchilari uchun xavfsiz sharoit yaratish borasidagi ishlarni amalga oshirishga ma'lum vaqt talab etilishi bilan bog‘liq vaziyatga to‘g‘ri baho berishingiz va tushunishingizni so‘raydi.

Maktabgacha ta'lim vazirligi barcha holatlarni inobatga olib, davlat MTT faoliyatini xavfsiz va sifatini ta'minlash maqsadida ayni vaqtda ishlab chiqayotgan jadvali asosida DMTTning faoliyati 15 iyundan 1 iyulgacha amalga oshiriladi. Ushbu jadval Maktabgacha ta'lim vazirligining rasmiy manbalarida e'lon qilinadi. 

Karantin choralari yumshatilishidan qat'iy nazar Sizlarni hushyorlikni yo‘qotmaslik, koronavirusga qarshi kurash Respublika maxsus komissiyasi talablariga to‘la rioya qilish, o‘zingiz va yaqinlaringizni asrashga chaqiramiz. Sizlardan o‘zingiz yoki farzandingizda tana harorati ko‘tarilishi, nafas qisilishi, quruq yo‘tal, holsizlik belgilari paydo bo‘lgan zahoti shifokorga darhol murojaat qilish va bu haqida MTT xodimlariga xabar berishingizni so‘raymiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Ko‘proq yangiliklar: