Google qidiruv tizimi Chrome foydalanuvchilarini hatto inkognito rejimida ham kuzatgan. Endi kompaniya katta jarimaga tortiladi

Fan-texnika 18:33 / 05.06.2020 5773

Google kompaniyasidan 5 milliard dollar talab qilinmoqda. Kompaniya internetga Chrome brauzerining inkognito rejimi orqali kirgan foydalanuvchilarning ma'lumotlarini noqonuniy yig‘ishda ayblanyapti. Anonim bo‘lishiga qaramay, qidiruv tizimi foydalanuvchi tashrif buyurgan sahifalarni yodda saqlab qolgan.

Da'vo arizasida aytilishicha, ma'lumotlar Google Analytics, reklama menejyeri Ad Manager va kompaniyaga foydalanuvchining eng yaqin kontaktlari, sevimli mashg‘ulotlari, odatlari va hatto «o‘ta shaxsiy va ehtimoliy noqulay narsalar» haqida bilib olishga yordam beradigan boshqa xizmat va ilovalar orqali yig‘iladi. 

Da'vogarning so‘zlariga ko‘ra, Google'ning deyarli har bir amerikalikni kompyuter yoki telefon yordamida maxfiy va ruxsatsiz ma'lumotlarni yig‘ish bilan shug‘ullanganligiga ko‘z yumib bo‘lmaydi. Sud da'vosi telefon suhbatlarini tinglash to‘g‘risidagi federal qonun va Kaliforniya shtati qonunlarini buzganlik uchun kamida 5000 AQSh dollari miqdorida tovon puli undirishni talab qilmoqda, ammo inkognito rejimidan «million» kishi foydalanayotgani hisobga olinsa, jarima 5 milliardga aylanib ketadi.

Google rasmiylari Reuters nashri izohlarida ayblovlarga javob qaytarishdi: «Biz har doim shuni aniq ta'kidlaymizki, inkognito rejimida yangi sahifa ochishingiz bilan, veb-saytlar sizning internetdagi harakatlaringiz haqida ma'lumotlar yig‘adi». 

Qidiruv tizimi sudda o‘zini himoya qilishga majbur.

Ko‘proq yangiliklar: