Eng ommaviy operatsion tizimlar ma'lum qilindi
NetMarketShare tahliliy kompaniyasi dunyodagi eng ommaviy operatsion tizimlar ro‘yxatini e'lon qildi. Ro‘yxatga ko‘ra, eng ommaviy operatsion tizim Windows 10 bo‘ldi.

Foto: mediapure.ru
Ushbu tizim dunyodagi 57,83 foiz kompyuterlarga o‘rnatilgan.
2-o‘rinni Windows 7 egallagan, uning ulushi 24,28 foizni tashkil qiladi. 3-o‘rinni ham Windows operatsion tizimi versiyalaridan biri – 8.1 egallab, u 3,06 foiz kompyuterlarda o‘rnatilgan.
Apple kompaniyasining Mac OS operatsion tizimidan eng ommaviysi MacOS Mojave bo‘lib, 2 yil avval chiqarilgan dasturning ulushi 2,46 foizni tashkil qilgan.
Tahlilchilar Windows 7’ning ommaviyligini oddiygina ko‘nikish bilan tushuntirishmoqda – ko‘plab foydalanuvchilar Windows 10’ga Microsoft kompaniyasi o‘z tizimini haddan ko‘p yangilashi sababli o‘tishni istashmaydi.
2009 yilda chiqarilgan Windows 7 operatsion tizimi 14 yanvarda rasman eskirgan deb tan olingan. Bu tizim endilikda muntazam yangilanishlar olmaydi va u bo‘yicha texnik ko‘mak ko‘rsatilmaydi.
Mavzuga oid

21:07 / 04.02.2020
Windows 10 yangilanishi kompyuterlarda nosozliklar keltirib chiqardi

01:13 / 04.09.2019
Google kompaniyasi yangi Android 10 operatsion tizimini chiqardi

07:40 / 12.06.2019
Huawei o‘z operatsion tizimida ishlovchi smartfonlar ishlab chiqardi

21:23 / 21.05.2019