AQSh Rossiyadan «Yaqin Sharqdan daf bo‘lish»ni talab qildi. Rossiya javob qaytardi

Jahon 19:40 / 05.06.2020 36200

"45 yil davomida ruslarni Yaqin Sharqdan uzoqroqda tutish Amerika siyosatining tamal toshi bo‘lib kelgandi. Ular hozir bu yerda buzg‘unchilik qilmoqda. Ochig‘ini aytsak, ular bu yerdan daf bo‘lishlari kerak deb o‘ylaymiz", — dedi u.

U shuningdek, avvalgi prezident Barak Obama ma'muriyati ruslarning Suriyaga kelishini olqishlaganini tanqid qildi.

Shenkerning bu bayonotiga Rossiya tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova javob qaytardi. 

"Shenker oxirgi ikkita o‘n yillikda Amerikaning Yaqin Sharqdagi qaysi loyihasini muvaffaqiyatli deb hisoblashini bilmoqchimiz. Eslay olmaymiz. Faqat o‘lim va vayronkorliklar", — dedi u.

Rossiya qo‘shinlari 2015 yilda rasmiy Damashqning so‘roviga muvofiq Suriyaga kelgandi. Shuningdek, AQSh ham IShIDga qarshi kurashish maqsadida Suriyaga qo‘shin jo‘natgan.

Ko‘proq yangiliklar: