«Yashil» hududlarda masjidlar faqat 8 iyundan ochilishi mumkin

O‘zbekiston 15:20 / 04.06.2020 19902

Ma'lum qilinishicha, diniy tashkilotlar faoliyati 8 iyundan faqatgina «yashil» hududlarda tiklanadi. 5-8 iyun kunlari esa sanitariya tayyorgarligi ko‘riladi. 

Masjidlarda sanitariya-epidemiologiya me'yorlariga qat'iy rioya qilgan holda (himoya niqoblarini majburiy kiyish sharti bilan), ijtimoiy masofa saqlagan (tashrif buyuruvchilar orasidagi masofa kamida 1, 5-2 metr) holda namoz o‘qish mumkin bo‘ladi.

Shu bilan birgalikda, fuqarolarning kasallikni noma'lum manbalardan yuqtirishi va aholi o‘rtasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida hozircha ommaviy diniy tadbirlar (juma namozi, yakshanba ibodatlari va boshqalar) tashkil etish taqiqlanadi.

Bundan oldinroq Respublika maxsus komissiyaning 4 iyunga o‘tar kechasi e'lon qilingan yangi qaroriga muvofiq, O‘zbekistonda 5 iyundan boshlab faqat «yashil» toifadagi hududlarda diniy tashkilotlar faoliyatiga ruxsat berilayotgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: