Turkiya 10 iyundan boshlab 40ta davlat, jumladan O‘zbekiston bilan aviaqatnovlarni tiklaydi

Jahon 19:27 / 04.06.2020 26845

Turkiya 10 iyundan boshlab 40ta mamlakat bilan aviaqatnovlarni tiklaydi. Bu haqda mamlakat transport va infrastruktura vaziri Odil Karaismailoglu ma'lum qildi.

"Xalqaro aviareyslar shu oydan boshlanadi, 40ta mamlakat bilan reyslar tiklanadi. 10 iyundan Bolgariya, Qatar, Gretsiya, Bahrayn va Shimoliy Kiprga parvozlar boshlanadi", - deya uning so‘zlarini keltirmoqda NTV telekanali.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Anqara birinchi bosqichda 15 mamlakat bilan aviaqatnovlarni tiklash bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishgan.

"Hozirda Shimoliy Kipr, Avstriya, Litva, Serbiya, Qozog‘iston, Albaniya, Belarus, BAA, Moldova, O‘zbekiston, Ukraina, Marokash, Iordaniya, Sudan va Italiya bilan kelishuvga erishdik", - dedi Karaismailoglu.

Turkiyada 1 iyundan ichki parvozlar tiklangandi. Turkish Airlines aviakompaniyasi 18 iyundan Yevropaga xalqaro reyslar boshlanishini e'lon qildi.

Mamlakatda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash doirasida mart oxirida xalqaro va ichki aviaqatnovlar to‘xtatilgandi. Turkiyada koronavirus yuqtirganlar soni 166 mingdan ziyod bo‘lib, 4609 kishi vafot etgan, 130852 kishi sog‘aygan.

Ko‘proq yangiliklar: