Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida aholi orasida yangi holatlar aniqlandi

O‘zbekiston 10:01 / 04.06.2020 42241

«2020 yil 4 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3874 nafarni tashkil etmoqda.  

Yangi kasallanish holatlarining 20 nafari karantin markazidagi (barchasi Qozog‘istondan chegara post orqali kelishgan) fuqarolar orasida, 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida xorijdan kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida, 1 nafari Toshkent viloyatida aholi orasida, 1 nafari Sirdaryo viloyatida koronavirusga chalingan bilan muloqotda bo‘lgan fuqaroda, qolgan 8 nafari esa Toshkent shahrida (shundan 3 nafar aholi orasida, yana 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan, 2 nafari xorijdan kelgan va karantinga olingan) aniqlangan», deyiladi xabarda.

3 iyun kuni 83ta yangi zararlanish holati qayd etildi, respublikaning 4 hududidagi shifoxonalarda jami 106 nafar bemor tuzaldi va shu vaqtgacha tuzalib chiqqanlar soni 3014 nafarga yetdi.

Ayni vaqtda shifoxonalarda 844 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 9 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Ko‘proq yangiliklar: