Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Test sinovlari uch smenada tashkil etiladi. Jarayon karantin qoidalariga qat'iy rioya qilgan holda o‘tkaziladi
Joriy yilgi test sinovlari uch smenada tashkil etiladi. Jarayon karantin qoidalariga qat'iy rioya qilgan holda o‘tkaziladi. Bu haqda Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Musayev boshchiligida o‘tgan brifingda ma'lum qilindi.

“Har bitta test o‘tkazish muassasasiga kirish joylarida dezinfeksiyalovchi maxsus tunel o‘rnatiladi. Bu yerda pirometr orqali har bir test topshiruvchining isitmasi o‘lchanadi.
Abituriyentlar test sinovlariga tibbiy niqob va qo‘lqoplarda kelishi kerak. U yerda o‘zlarining niqob va qo‘lqoplarini yechishadi, ularga yangilari beriladi. Buning uchun har bitta test o‘tkazish muassasasida yetarlicha zaxira shakllantiriladi.
Abituriyentlar qo‘lqopni kiyishdan oldin va kiyganidan keyin ham qo‘llarini dezinfeksiya qilishadi. Shundan keyingina ular test sinovlariga kiritiladi.
Test topshiruvchilar oraliq masofani saqlashi shart. Ularning orasidagi masofa 2 metrdan kam bo‘lmasligi kerak. Abituriyentlar mazkur talabga qat'iy amal qilishlari shart.
Test sinovlari o‘tkaziladigan muassasalar sinovlar boshlanishidan avval, qolaversa, smenalar o‘rin almashayotgan vaqtda maxsus vositalar bilan dezinfeksiya qilinadi. Buning uchun yetarlicha zaxira yaratiladi. Dezinfeksiyalash ishlari abituriyentlarning salomatligiga ta'sir qilmasligi uchun smenalar orasidagi tanaffus ikki soat etib belgilanadi. Bunda test topshiriladigan xonani sinovlar boshlangunga qadar yetarlicha shamollatishga ulguriladi”, deya Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari – vazirlik huzuridagi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahodir Yusupaliyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Yusupaliyevning qayd etishicha, test sinovlariga jalb etilgan barcha xodimlar tibbiy niqob va qo‘lqoplarda bo‘lishi shart. Shuningdek, u test o‘tkaziladigan 64 ta muassasada tibbiy punktlar tashkil etilishi va ularga malakali xodimlar, tez yordam mashinalari biriktirilishini ma'lum qildi.
“Abituriyentlarning ota-onalari, yaqinlari imtihon jarayonini kuzatish uchun kelmasliklari, bitta joyda to‘planmasliklarini iltimos qilardik. Bu karantin talablariga zid. Farzandi, yaqinlariga dalda bo‘lish uchun odamlarning ko‘pchilik bo‘lib bitta joyga to‘planishi infeksiya tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin”, deydi Bahodir Yusupaliyev.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Rossiyada politsiyaga ushlanganlarni urushga jo‘natgani uchun pul to‘lanyapti
Jahon | 10:36
-
Xitoy O‘zbekistonda suv resursini tejash loyihalariga jalb etiladi
O‘zbekiston | 10:19
-
Ukrainani tiklash: konferensiyada 10 mlrd yevro va’da qilindi
Jahon | 09:56
Mavzuga oid

18:37 / 20.06.2025
O‘zbekistonda 500 ming gektardan ziyod hududda chigirtka tarqalgani aniqlandi

16:45 / 28.01.2025
Britaniyada 14 kishiga fuqarolik olib berish uchun parik kiyib test topshirgan ayol hibsga olindi

13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi

17:23 / 12.12.2024