Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SpaceX navbatdagi 60 ta sun'iy yo‘ldoshni orbitaga chiqardi
SpaceX kompaniyasi Falcon 9 raketasida Starlink internet tarmog‘ining bir qismi hisoblangan 60 ta kichik sun'iy yo‘ldoshni yer atrofidagi past orbitaga chiqardi.

Foto: Reuters
Kompaniyada ta'kidlanishicha, shundan keyin orbitada joylashtirilgan bunday sun'iy yo‘ldoshlarning umumiy soni 480 taga yetdi. Kompaniya muhandislari sun'iy yo‘ldoshlar ishlashini tekshirgach, qurilmalar o‘z ion dvigatellarida 550 km balandlikdagi ishchi orbitaga chiqariladi.
Liftoff! pic.twitter.com/N0INm0pPAb
— SpaceX (@SpaceX) June 4, 2020
Bu Starlink loyihasi sun'iy yo‘ldoshlarining orbitaga 8-chiqarilishidir. Avvalgi 7-urinish 22 aprelda amalga oshirilgandi. Har urinishda orbitaga 60 tadan sun'iy yo‘ldosh chiqarilmoqda. SpaceX sayyoramiz aholisiga istalgan nuqtadan internetga kirishni ta'minlaydigan tarmoqni tashkil etish uchun orbitada 12 mingta sun'iy yo‘ldosh joylashtirishni rejalashtirmoqda.
Falcon 9 raketasining startdan keyin ajralgan birinchi pog‘onasi Atlantika okeanidagi barjaga qo‘ndirilgan. Bu parvoz ushbu pog‘onaning 5-starti bo‘ldi. U birinchi marta 2018 yilda uchirilgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Aholini guruch bilan ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari belgilandi
O‘zbekiston | 15:24
-
Tramp yana YeI tovarlariga bojlarni oshirishni kechiktirdi
Jahon | 15:21
-
Yevropaning eng yirik porti Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda – OAV
Jahon | 15:15
-
AQShga ishga yuborish evaziga 22 ming dollar olgan shaxslar ushlandi
Jamiyat | 15:14
Mavzuga oid

21:52 / 04.07.2025
Boeing 2,8 mlrd dollar evaziga Pentagonga ikkita sun’iy yo‘ldosh yetkazib beradi

14:50 / 28.06.2025
O‘zbekiston 2028 yilgacha o‘z sun’iy yo‘ldoshini koinotga uchirishni rejalashtirmoqda

17:38 / 22.06.2025
Fordodagi uran AQSh hujumidan oldin boshqa joyga ko‘chirilgan – OAV

16:54 / 12.06.2025