Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyada ishlash talab etilmaydigan va mo‘maygina maosh to‘lanadigan ish taklif qilinmoqda
Shvetsiyada ishlash talab etilmaydigan ish taklif qilinmoqda. Ishchidan ertalab va kechqurun muayyan soatlarda chiroqni yoqish va o‘chirishgina talab etiladi. Qolgan payt u bo‘sh bo‘ladi. Buning uchun ishchiga 2,3 ming dollar maosh to‘lanadi.

Foto: Getty Images
Shvetsiyada “orzudagi ish” taklif qilinmoqda. Bu ishda ishlash talab etilmaydi. Xodimdan Geteborgda qurilayotgan Korsvägen stansiyasiga kelib, ish kunining boshida va oxirida chiroqni yoqish va o‘chirishgina talab etiladi. Qolgan vaqt u bo‘sh bo‘ladi.
Vakansiyaning ta'rifida ishchiga oylik maosh hayotining oxirigacha to‘lanishi aytilgan. Ish beruvchi butun dunyodan ushbu ishga kirish uchun 125 ta ariza olgan. Arizalar nafaqat Shvetsiya, balki AQSh, Filippin, Tayvan va boshqa davlatlardan jo‘natilgan.
“Umrbod lavozim” deb nomlangan ushbu loyiha mualliflari rassomlar Simon Goldin va Yakob Sennebyu hisoblanadi. Ular bu ish uchun 2,3 ming dollar maosh to‘lashga tayyorlar.
Art-eksperiment mualliflari oylik maoshni 120 yil davomida to‘lashmoqchi. Bu mablag‘larni Shvetsiya badiiy kengashi va transport boshqarmasi ajratgan.
“Orzudagi ish”ni Geterborgda yashovchi yoki unga ko‘chib o‘tishga tayyor bo‘lgan odam olishi mumkin. Loyihada yil sayin tobora kuchayib borayotgan jamiyatdagi tengsizlikka e'tibor qaratish maqsad qilingan.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Intellektual mulk himoyasi bo‘yicha ayrim qonunlar o‘zgartirildi
O‘zbekiston | 10:32
-
AI-92 benzinning birjadagi boshlang‘ich narxi arzonlashtirildi
Iqtisodiyot | 10:30
-
Amerikalik erkak ChatGPT maslahatlari tufayli shifoxonaga tushdi
Jahon | 09:36
-
Ukraina Rossiyaning 2 ming km uzoqlikdagi hududiga zarba berdi
Jahon | 08:57
Mavzuga oid

07:46 / 07.07.2025
O‘zbekiston va Shvetsiya mehnat migratsiyasi sohasida hukumatlararo bitim tuzishi mumkin

13:47 / 28.06.2025
O‘zbekiston onkologik kasalliklarga qarshi kurashishda Shvetsiya bilan hamkorlik qiladi

10:33 / 25.06.2025
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida migratsiya sohasida kelishuv imzolandi

22:32 / 06.06.2025