Ronaldu, Messi va Neymar koronavirus davrida «instagram»da qancha daromad topgani ma'lum bo‘ldi

Sport 17:25 / 04.06.2020 10641

Sportchilarning pandemiya davrida «instagram» orqali qancha daromad ko‘rgani ma'lum bo‘ldi, deya yozmoqda Daily Mail.

Ushbu ijtimoiy tarmoq 12 martdan 14 maygacha uch nafar futbolchi - Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi va Neymarni yanada boyitdi.

Bu futbolchilarning har biri ushbu davr ichida homiy va hamkorlarning 4tadan reklama postini e'lon qildi. 219 million nafar obunachiga ega bo‘lgan Ronalduga bu reklamalar 2,1 million yevro foyda keltirgan bo‘lsa, 151 million nafar obunachiga ega bo‘lgan Messi 1,45 million yevro, Neymar esa (138 mln obunachi) 1,33 million yevro daromad topdi. Xususan, portugaliyalikning bitta reklama posti unga o‘rtacha 526 ming yevro, argentinalikka – 363 ming, braziliyalik futbolchiga esa 333 ming yevro mablag‘ keltirgan.

Ko‘proq yangiliklar: