Lukashenko hukumatdan Rossiyaga qaramlikni kamaytirishni talab qildi

Jahon 16:31 / 04.06.2020 7245

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko yangi hukumatdan bozorlarni diversifikatsiya qilish va xorijdan valuta jalb etish hisobiga Rossiyaga qaramlikni kamaytirishni talab qildi.

Sputnik Belarus agentligining xabar berishicha, u Roman Golovchenko rahbarligidagi yangi hukumat yig‘ilishida ana shunday fikrni aytdi.  

"Eksport yo‘q bo‘lsa valuta bo‘lmaydi. Bitta mamlakat bozoriga qaramlik muammosini uzil-kesil hal qilish kerak. Biz 50-55 foizga hattoki qardosh Rossiyaga ham qaram bo‘la olmaymiz. Bozorlarni diversifikatsiya qilishimiz kerak", - dedi Lukashenko.

U avvalroq yaqin va uzoq xorijga mamlakat eksportini rivojlantirish, yangi bozorlar topish bo‘yicha qarorlar qabul qilinganiga e'tibor qaratdi va bu yo‘nalishda "jiddiy siljish" bo‘lishi kerakligini ta'kidladi.

Ko‘proq yangiliklar: