Kirish imtihonlari televideniye orqali ham translatsiya qilinadi

O‘zbekiston 14:08 / 04.06.2020 10332

Davlat test markazi rahbari Majid Karimovning ma'lum qilishicha, bu yil imtihonlardan oldin javob varaqasini to‘ldirish bo‘yicha maxsus rolik namoyish etiladi.

Shuningdek, kirish imtihonlari oldingi yillardagi kabi nafaqat internet orqali, balki «O‘zbekiston» telekanali orqali ham to‘g‘ridan to‘g‘ri uzatib turiladi va hammada kuzatish imkoniyati bo‘ladi.

Abituriyentlar to‘plangan ballini bir kundan keyin, talabalikka tavsiya etilgan-etilmaganliklari (imtihon natijalari) bo‘yicha ma'lumotlarni esa oxirgi imtihon o‘tganidan so‘ng uzog‘i bilan bir hafta ichida olishlari mumkin bo‘ladi.

Anjumanda OTMlarga qabul jarayoni 15 iyundan boshlanishi, 2020-2021 o‘quv yili uchun istisno tariqasida qabul test sinovlari majburiy fanlarsiz, 2ta mutaxassislik fanlaridan o‘tkazilishi ma'lum qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: