Janubiy Koreyada prokuratura Samsung rahbarini hibsga olishga order so‘radi

Jahon 14:57 / 04.06.2020 8207

Janubiy Koreya prokuraturasi sudga murojaat qilib, Samsung Electronics vitse-prezidenti va Samsung Group rahbari Li Chje Yonni hibsga olishga order so‘radi. Bu haqda «Ryonxap» agentligi xabar bermoqda.

Agentlikning qayd etishicha, sudga Seul bosh okrug prokurorining 2015 yildagi Cheil Industries va Samsung C&T korporatsiyalarining birlashishi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha iqtisodiy jinoyatlar va adliya ofisi murojaat qilgan. Kelishuv natijasida Li Chje Yon konglomerat ustidan yagona shaxsiy nazoratni qo‘lga kiritgandi.

Xabarda aytilishicha, prokurorlar Samsung bosh menejyerlarini korporatsiyani boshqarish huquqini Li Chje Yonning otasi va 2014 yildan buyon to‘shakka yotib qolgan kompaniya rasmiy rahbari Li Gon Xidan olib Yonga berishga aloqadorlikda gumonlanmoqda. Ayblovchilar Cheil Industries aksiyalarining katta paketiga ega bo‘lgan Li Chje Yon Samsung C&T kompaniyasi aksiyalari narxini pasaytirib sotib olgan deb hisoblamoqda.

Li Chje Yon 2016 yilda Janubiy Koreya sobiq prezidenti Pak Kin Xe ishtirokidagi korrupsion mojaroda asosiy shaxslardan biri bo‘lgandi. Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakat sobiq rahbarining dugonasi Chxve Sun Sil yirik korporatsiyalar, jumladan, Samsung va Lotte kompaniyalaridan pul undirib kelgan. 2016 yilda Pak Kin Xega impichment e'lon qilingan. Chxve Sun Sil 2018 yil fevralda 20 yilga qamalgan. Sobiq prezident esa davlat sirini oshkor qilish, ta'magirlik, mansabini suiste'mol qilish va pora olish ayblovlari bilan 25 yilga qamalgan va 17,8 mln dollar jarimaga tortilgan.  

Li Chje Yon 2017 yilda Pak Kin Xega aloqador kompaniyalarga pora berishda ayblanib besh yilga qamalgan, ammo bir yildan so‘ng ozodlikka chiqqan.

Ko‘proq yangiliklar: