Hongkongda Xitoy madhiyasiga hurmatsizlik qilish qat'iy jazolanadigan bo‘ldi

Jahon 23:41 / 04.06.2020 4694

Hujjat Xitoyning rasmiy madhiyasi “Ko‘ngillilar marshi”ga haqoratomuz munosabat 50 ming Hongkong dollarigacha (6450 dollar) jarima va 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bungacha muxolif deputatlar ushbu qonunning qabul qilinishiga bir necha marotaba qarshi chiqishgan. Qonun bo‘yicha ovoz berish Pekindagi Tyananmyn maydonida talabalar namoyishlarini bostirishning 31 yilligida o‘tgan. Ovoz berishdan oldin qonunchilik kengashining ikki a'zosi o‘rnidan turib, zalda qo‘lansa hidli jigarrang suyuqlikni purkashga harakat qilgan. Keyinroq ulardan biri qonunga va Xitoy kommunistik partiyasining 1989 yildagi talabalarga qarshi harakatlariga qarshilik belgisi sifatida bioo‘g‘itni purkaganini ma'lum qilgan. Shundan keyin norozilar zaldan olib chiqilgan, deputatlar yig‘ilishni boshqa zalda davom ettirgan. Jazo kiritilishiga 41 deputat ovoz bergan, bir nafari qarshi chiqqan.

Xitoy madhiyasiga hurmatsizlik uchun jazo birinchi marta Xitoyning yana bir maxsus ma'muriy hududi - Makaoda 1999 yilda kiritilgan. Xuddi shunday qonun Xitoy aholisi uchun 2017 yilda qabul qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: