Foto: Xorazmda yana kuchli shamol kuzatildi

O‘zbekiston 23:24 / 04.06.2020 42745

Shamol tezligi ba'zi joylarda 65-70 km/soatni tashkil qilgan.

Natijada yengil konstruksiyali tomlar uchib ketdi. Eski simyog‘ochlar qo‘porildi, daraxt shoxlari sindi.

Xazorasp tumani / Foto: "Xorazm hududiy elektr tarmoqlari"

Urganch shahrida kuchli chang-to‘zon ko‘tarilib, yo‘llarda ko‘rinish darajasi keskin pasaydi.

Urganch shahri / Foto: Kun.uz

Qisqa vaqt davom etgan kuchli shamol natijasida jabrlanganlar haqida hozircha ma'lumot yo‘q.

Gurlan tumani / Foto: "Xorazm hududiy elektr tarmoqlari"

Bogot tumani / Foto: "Xorazm hududiy elektr tarmoqlari"

Xonqa tumani / Foto: "Xorazm hududiy elektr tarmoqlari"

Favqulodda vaziyatlar vazirligi hozircha bu haqda ma'lumot bermadi.

Eslatib o‘tamiz, Xorazm viloyatida 26 aprel va 17 may kunlari ham kuchli shamol esishi kuzatilgan, natijada bir nechta binolar tomiga zarar yetgan edi.

27 aprel kuni Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida kuzatilgan kuchli bo‘ron oqibatida bir kishi vafot etib, 41 kishi jarohat olgan edi. Tabiiy ofat Buxoro viloyatining Olot va Qorako‘l tumanlariga yetkazgan zarar davlat budjetiga kamida yuz milliard so‘mga tushdi.

Ko‘proq yangiliklar: