4 iyun kuni 3 hududda aholi orasida yangi holatlar qayd etildi

O‘zbekiston 23:59 / 04.06.2020 12441

Bugun yangi holatlar 5ta hududda qayd etildi - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy viloyati, Sirdaryo viloyati, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida. SSV matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev telegramdagi kanalida bemorlar qayd etilishi va sog‘ayishi bo‘yicha ko‘rsatkichlar jadvalini keltirdi.

96ta yangi holatning 13tasi aholi orasida, 2tasi xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, 81tasi karantin muassasalaridagi fuqarolar orasida aniqlangan.

Aholi orasida
Toshkent shahrida aholi orasida 4ta yangi holat qayd etildi. Poytaxtda yana 3 kishi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib virus yuqtirgan, xorijdan kelib karantinga olingan 2 kishiga virusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan.

Navoiy viloyatida aholi orasida 8 kishi zararlangan, shundan 6 nafari Navoiy shahrida, shuningdek, Navbahor va Karmana tumanlarida 1 nafardan. Viloyatda bugun jami 35ta yangi holat qayd etildi, ayni vaqtda viloyatdagi shifoxonalarda 118 bemor davolanmoqda.

Toshkent viloyatida aholi orasida bitta holat qayd etilgan.

Haydovchilar
Qoraqalpog‘istonda va Toshkent viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari bo‘lgan ikki kishida virus aniqlangan.

Karantinda
Toshkent viloyatida karantinga olingan 20 kishida (barchasi Qozog‘istondan kelgan), Navoiy viloyatida bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani uchun karantinga olingan 27 kishida, Toshkentda karantin markazida bo‘lgan 33 kishida va Sirdaryo viloyatida oronavirusga chalingan bilan muloqotda bo‘lgan fuqaroda virus aniqlangan.

Tuzalganlar
Bugun 73 nafar fuqaro sog‘aydi. Shundan 64 nafari Toshkent shahridagi, 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi hamda 5 nafari Samarqand viloyatidagi tibbiyot muassasalarida sog‘ayib chiqishdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 3939 nafar bemordan 3087 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 78 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 836 nafar bemordan 9 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
 
Shu kungacha jami 429 209 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, ularning 380 843 nafari karantindan chiqarilgan.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 26 567 nafar, statsionar karantinda esa 21 799 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Ko‘proq yangiliklar: