15 iyundan faqat xususiy bog‘chalar faoliyatiga ruxsat beriladi

O‘zbekiston 15:49 / 04.06.2020 28492

O‘zbekistonda 15 iyundan «yashil» va «sariq» hududlarda faqat xususiy maktabgacha ta'lim muassasalariga ruxsat beriladi.

Davlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyati 15 iyunidan 1 iyuliga qadar, Maktabgacha ta'lim vazirligi jadvali asosida bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi..

Bunda Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan belgilangan tartibda, sanitariya-gigiyenik xavfsizlikning barcha qoidalari va standartlariga rioya qilingan bo‘lishi kerak:

  • maktabgacha ta'lim tashkilotlarida mashg‘ulotlarni 15 kishidan ortiq bo‘lmagan guruhlarda tashkil etish;
  • maktabgacha ta'lim tashkilotlari binolarini doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion «to‘shak»lar bilan jihozlash;
  • xodimlar tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi va ijtimoiy masofani saqlashi;
  • tana harorati 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan xodim va tarbiyalanuvchilarning mashg‘ulotlarga kiritmaslik choralarini ko‘rish talab etiladi.

Bog‘chalarning ochilishi jadvali Maktabgacha ta'lim vazirligining veb-saytida e'lon qilinadi.

Bundan avvalroq 15 iyundan boshlab «yashil» va «sariq» hududlarda maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatiga ruxsat berilishi haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holati tasdiqlangan ilk kunda - 15 martda O‘zbekistondagi barcha bog‘chalar koronavirus tufayli karantinga olinishi ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: