Tramp Vashington va Minneapolisdagi tartibsizliklar bostirilgani uchun o‘zini maqtadi

Jahon 07:32 / 03.06.2020 13010

“Kolumbiya okrugida o‘tgan tun hech qanday muammo bo‘lmadi. Ko‘plab hibsga olishlar o‘tkazildi. Barcha tomonidan qilingan ajoyib ish. Ustunlik. Minneapolis ajoyib bo‘ldi (prezident Trampga rahmat!)”, deb yozgan AQSh prezidenti.

Tramp Nyu-Yorkda yuz berayotgan voqealarga ham baho berib o‘tgan. Uning ta'kidlashicha, 1 iyunda aka-uka Kuomolar - Nyu-York shtati gubernatori Endryu Kuomo va uning ukasi, CNN jurnalisti Kris Kuomo uchun yomon kun” bo‘ldi.

AQSh prezidentining ta'kidlashicha, Nyu-York shahrida “marodyorlar, kallakesarlar va radikallar” harakat qilmoqda, gubernator esa prezidentning tartibsizliklarni milliy gvardiya kuchlari bilan bostirish taklifidan voz kechdi. Shu sababli, shahar “tilka-pora qilib tashlandi”. “Nyu-York, milliy gvardiyani chaqir. Kallakesarlar va razillar sizni tilka-pora qilmoqda”, deb yozgan Tramp. 

AQShda afroamerikalik Jorj Floyd politsiyaning qo‘pol harakatlari oqibatida halok bo‘lgani tufayli bir necha kundan beri tartibsizliklar davom etmoqda. 46 yoshli Floyd 25 may kuni Minneapolisda qalbaki kupyuralarni qo‘llash gumoni bilan qo‘lga olinish vaqtida o‘ldirib qo‘yilgan. Oq tanli politsiyachi Derek Shovin Floydni qo‘lga olish vaqtida uning bo‘ynini tizzasi bilan bosib turgan. Bir necha soatdan keyin Floyd shifoxonada jon bergan. Qo‘lga olishni amalga oshirgan 4 politsiyachi ishdan bo‘shatilgan, Shovinga esa ehtiyotsizlik tufayli qotillik sodir etish ayblovi qo‘yilgan.

Ko‘proq yangiliklar: