Qirg‘iziston Sirdaryoga insonparvarlik yordami yubordi

O‘zbekiston 14:14 / 03.06.2020 18162

Qirg‘iziston elchisi maslahatchisi Nurlan Jumaliyev delegatsiyasi Sirdaryo viloyatiga insonparvarlik yordamini olib keldi.

Viloyat hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur delegatsiyani Sirdaryo viloyati o‘rinbosari D.Madrimov, viloyat prokurori R.Masharipov hamda viloyat nuroniylari Guliston shahrida kutib olishdi. 

Qirg‘iz xalqi tomonidan 3 ta yuk mashinasida 20 tonna makaron, 20 tonna guruch, 10 tonna o‘simlik yog‘i, 10 tonna shakar, 5 tonna suv, 10 tonna kartoshka olib kelindi, deyiladi ma'lumotda.

Ko‘proq yangiliklar: