O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 3843taga yetdi

O‘zbekiston 23:20 / 03.06.2020 22957

«2020 yil 3 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3843 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 15 nafari Navoiy viloyatida, 2 nafari Toshkent shahrida, 1 nafar Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib qarantinga olingan fuqarolar orasida, 10 nafari esa karantin markazidagi (shundan 9 nafari  Moskvadan charter reys bilan kelgan, 1 nafari esa  koronavirusga chalingan bemor bilan muloqotda bo‘lgan) fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi vazirlik xabarida.

Bugun 83ta yangi zararlanish holati qayd etildi, respublikaning 4 hududidagi shifoxonalarda jami 106 nafar bemor tuzaldi va shu vaqtgacha tuzalib chiqqanlar soni 3014 nafarga yetdi.

Ayni vaqtda shifoxonalarda 813 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 10 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Ko‘proq yangiliklar: