Neft narxi mart boshidan beri ilk bor 40 dollardan oshdi

Jahon 08:25 / 03.06.2020 5142

Oxirgi savdolarga ko‘ra, Brent narxi 1,44 foizga ko‘tarilib, 40,2 dollarga yetgan. WTI nefti narxi esa 2,47 foizga qimmatlashib, bir barreli uchun 37,7 dollarni tashkil qilgan.

Mart boshida neft narxi keskin qulagan edi. Bunga OPeK+ kelishuvi barbod bo‘lgani va pandemiya ortida “qora oltin”ga talabning qisqargani sabab bo‘lgan. 

12 aprelda OPeK+ davlatlari neft qazib olish hajmini joriy yilning may-iyun oylarida 9,7 mln barrelga, ikkinchi yarimyillikda 7,7 mln barrelga va shundan keyin 2022 yil aprel oyi oxirigacha 5,8 mln barrelga qisqartirishga kelishib olgan.

Ko‘proq yangiliklar: