Jorj Floydning o‘limida aybdorlarni jazolash talab qilingan petitsiyani rekord sonda odam imzoladi  

Jahon 22:06 / 03.06.2020 11732

Petitsiya muallifi Kellen S. Floydni qo‘lga olishda ishtirok etgan va uning o‘limiga aloqador barcha politsiyachilar sud oldida javob berishlari kerakligini talab qilmoqda. Petitsiyaga imzo qo‘yganlar orasida ko‘plab yirik kompaniyalar va mashhur insonlar bor.   

46 yoshli Floydning o‘limiga javoban AQShda norozilik namoyishlari va tartibsizliklar boshlangan. Floydning ushlanishi vaqtida oq tanli politsiyachi Derek Shoven uning bo‘ynini tizzasi bilan bosib turgan. Erkak kishanlangan va qarshilik ko‘rsatmayotgan bo‘lsa-da, politsiyachi uni bir necha daqiqa bo‘g‘ib turgan. Voqea guvohlari ham politsiyachilardan ortiqcha qattiqqo‘llik qilmaslikni so‘rashgan, biroq barchasi befoyda bo‘lgan.   

Shundan ko‘p o‘tmay Floyd hushini yo‘qotib, shifoxonada jon bergan. Uning politsiyachilar tomonidan ushlanishi videosi internetda tarqalgach, noroziliklarga sabab bo‘lgan. Floydni qo‘lga olishda ishtirok etgan 4 politsiyachi ishdan bo‘shatilgan, Shoven esa hibsga olingan. Biroq bu noroziliklarni to‘xtata olmagan.

Ko‘proq yangiliklar: