Jorj Floyd 9 iyunda Xyustonda dafn etiladi

Jahon 01:18 / 03.06.2020 15329

Marhum bilan barcha tashrif etishi mumkin bo‘lgan vidolashish marosimi Xyustondagi The Fountain of Praise cherkovida bo‘lib o‘tadi. Bu haqidagi ma'lumot Fort Bend Memorial Planning Center dafn byurosining Facebook’dagi sahifasida e'lon qilingan.  

9 iyunda esa Floydning oila a'zolari va do‘stlarigina ishtirok etadigan marosim o‘tkazilib, shundan keyin Floyd Xyuston yaqinidagi Perlend shaharchasidagi memorial qabristonda dafn etiladi.

Dafn byurosi vakili ma'lumotlariga ko‘ra, Floyd Xyustonda tug‘ilib, voyaga yetgan.

Avvalroq mashhur amerikalik bokschi Floyd Meyuezer Jorj Floydning dafn etilishi xarajatlarini to‘lab bermoqchiligi ma'lum qilingandi. Sportchi vakilining ta'kidlashicha, Meyuezer marhumning oila a'zolari bilan bog‘lanib, o‘z taklifiga ularning roziligini olgan.

Floydning o‘limi AQShda katta ko‘lamli norozilik namoyishlari boshlanishiga olib keldi. Keyinroq namoyishlar tartibizliklarga aylanib ketdi. Hozirda ushbu tartibsizliklar 140 dan ko‘proq shaharni qamrab olgan.

Ko‘proq yangiliklar: