Andijon tuman DSI bo‘lim boshlig‘i ustidan jinoiy ish ochildi

O‘zbekiston 16:00 / 03.06.2020 46201

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti Andijon tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlar F.U. va S.T.larning murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatidan Kun.uz`ga ma'lum qilishlaricha, tekshiruvda Andijon tuman DSI tahlil va prognozlash bo‘limi boshlig‘i J.Q. qonunbuzilish holatlarini sodir etgani aniqlangan.

«Xususan, bo‘limi boshlig‘i J.Q. jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisob-raqamiga to‘langan deklaratsiya solig‘idan mavjud ortiqcha to‘lovlarni qaytarish yuzasidan soxta xulosalarni tuzib, ushbu pul mablag‘lari hisobidan qarindoshi U.Q. va tuman DSI xodimi R.O.ning nomlariga ochilgan plastik kartalarga 236,2 mln so‘mni tushirib, shundan 129,5 mln so‘mini fuqarolarga qaytarib, qolgan 106,7 mln so‘mini ehtiyojlari uchun sarflab, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan», – deyiladi press-relizda.

Holat yuzasidan J.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: