Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulla Aripov: So‘x tumani obod qilinadi
Bugun, 3 iyun kuni Xalq deputatlari So‘x tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, So‘x tumani hokimi o‘rinbosarlari, tumandagi davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosarlari, viloyat boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, viloyat huquq-tartibot idoralari rahbarlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas'ullari, Bosh vazir o‘rinbosarlari, respublika vazirlik va idora rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Shuningdek, sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ham ishtirok etdi va ma'ruza qildi.
«Avvalambor siz hurmatli So‘x tumani faollariga, sizlarning timsolingizda butun So‘x ahliga muhtaram prezidentimiz, hurmatli Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning chuqur hurmat va ehtiromlarini yetkazaman.
Albatta, bir necha kun oldin chegara hududidagi bo‘lgan noxush holat ko‘p narsalarni qaytadan ko‘rib, qaytadan qarashga hammamizni majbur qildi. Bevosita prezidentimizning topshiriqlari bilan men boshchiligimda vaziyatni o‘rganish uchun mutasaddi idoralar rahbarlari yetib kelishdi.
Birinchi navbatda viloyat rahbari Shuhrat G‘aniyev va boshqa rahbarlar yetib kelib vaziyat chuqurlashishiga yo‘l qo‘ymagan. Tinchlikning qadriga yetish bu juda katta baxt. Muhtaram prezidentimizning chegaradosh hududlar bilan olib borayotgan yaxshi qo‘shnichilik siyosatlarini butun jahon e'tirof etib turibdi», degan Abdulla Aripov.
O‘zbekiston bosh vaziri So‘x tumani obod bo‘lishi uchun barcha ishlar amalga oshirilishini ta'kidlagan.
«Bizning oldimizda eng katta mas'uliyat turibdi – bu So‘x tumanidagi muammolarni hal etish va bevosita prezidentimizning e'tiborlari asosida tumanni obod qilish. Buning uchun davlatimiz tomonidan barcha imkoniyatlar va sharoitlar yaratib beriladi. So‘x tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha davlat rahbarining qarorlari ham chiqqan va shu asosda tumanda tizimli ishlar olib borilishi lozim. Bu ishlarda saylanadigan yangi tuman hokimidan katta mas'uliyat talab etiladi», degan u.
Shundan so‘ng 2019 yildan buyon tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Sayidbahrom Sayidmusayev So‘x tumani hokimi etib tayinlandi.

Sessiya davomida hokimning o‘rinbosarlari ham tayinlangan.
Sessiya kun tartibiga qo‘yilgan masala yuzasidan Xalq deputatlari So‘x tuman Kengashining deputatlari, hokim o‘rinbosarlari, masalalarga daxldor bo‘lgan mutasaddi idoralar rahbarlari o‘z fikr-mulohazalarini bildirgan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17
-
Kichik Chimyon tog‘ida yong‘in sodir bo‘ldi
Jamiyat | 23:00
-
Buloqboshida yana toshqin xavfi: aholi Janubiy Farg‘ona kanalida suv sathi ko‘tarilganidan xavotirda
Jamiyat | 22:27
-
Fransiya va Britaniya yadroviy tiyib turish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi
Jahon | 22:19
Mavzuga oid

16:26 / 05.06.2025
Tojikistonda MDH davlatlari hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi

09:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Yashil iqlim jamg‘armasi vakolatxonasi ochilishi mumkin

08:02 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Butunjahon intellektual mulk tashkilotining magistratura dasturi joriy etiladi

15:46 / 13.05.2025