Xatirchida davlat xususiy sherikchiligi asosida qurilgan respublikadagi ilk adliya bo‘limi ish boshladi

O‘zbekiston 13:22 / 02.06.2020 3199

Davlat xususiy sherikchiligi asosida qurilgan Xatirchi tumani adliya bo‘limi binosi 2 iyun kuni foydalanishga topshirildi. Viloyat adliya boshqarmasining xabar berishicha, buning natijasida davlat budjetidan 1mlrd 200 mln so‘m mablag‘ tejab qolindi, deya xabar bermoqda

“Adliya bo‘limi bugun rasman ochilib, faoliyat boshladi. Tuman markazida joylashgan ikki qavatli mazkur inshootda tuman adliya bo‘limi bilan bir qatorda notarius xizmati faoliyat olib bormoqda.

Qurilish qiymati 1 mlrd 200 mln so‘mni tashkil etadi. Tuman adliya binosining davlat xususiy sherikchiligi asosida qurilishi evaziga davlat budjeti mablag‘lari tejab qolindi. Bu respublika miyoqsida davlat xususiy sherikchiligi asosida qad rostlagan birinchi adliya bo‘limi hisoblanadi”, deydi Navoiy viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Bahronov.

Qayd etilishicha, tuman adliya bo‘limida aholiga xizmat ko‘rsatish uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan, elektron shaklda xizmat ko‘rsatish ham yo‘lga qo‘yilgan. Qolaversa, binoda davlat tashkiloti va idoralariga huquqiy axborotlarni tarqatish, qonunchilikdagi yangiliklarni tushuntirish uchun maxsus jihozlangan o‘quv xonalari ham tashkil etilgan.

Xatirchi tumani adliya bo‘limi boshlig‘i Sherzod Abdurahmonovning bildirishicha, binoda tadbirkorlik sub'yekti sifatida umumiy ovqatlanish shoxobchasi faoliyati ham yo‘lga qo‘yilib, bu orqali o‘nga yaqin yoshlarning bandligi ta'minlanishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: