To‘rt hududda yangi kasallanish holatlari qayd etildi

O‘zbekiston 17:19 / 02.06.2020 62447

«2020 yil 2 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3750 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 17 nafari karantin markazidagi (10 nafari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan charter reys bilan kelgan, 7 nafari esa Tojikiston Respublikasidan chegara post orqali kirib kelgan) fuqarolar orasida, 7 nafari Buxoro viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan, 3 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari), 3 nafari Toshkent shahrida karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari Toshkent viloyatida, 1 nafar Sirdaryo viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan», deyiladi vazirlik xabarida.

Bugun hozircha 48ta yangi zararlanish holati qayd etildi, Toshkent va Navoiyda jami 49 bemor tuzaldi, shu vaqtgacha tuzalganlar soni 2908 nafarga yetdi.

Hozirda shifoxonalarda jami 827 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 9 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Ko‘proq yangiliklar: