Ruminiya bosh vaziri himoya niqobini yechgani uchun jarima to‘ladi

Jahon 19:52 / 02.06.2020 2409

Orban ushbu qoidabuzarlik uchun 3 ming ley (617 dollar) miqdorida jarima to‘lagan, deb xabar berdi Euractiv nashri.

Bu bilan bog‘liq mojaro 30 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Orban o‘z ishchi xonasidagi stol atrofida bir necha vazirlar bilan o‘tirgani va sigaret chekayotgani aks etgan surat paydo bo‘lgandan keyin avj olgan. Bundan tashqari, xonadagi boshqa odamlar ham niqobsiz bo‘lgan. Suratda niqoblar stol ustiga qo‘yilganini ko‘rish mumkin.

Orban qoidani buzganini tan olgan va u 25 mayda 57 yoshlik tavallud kuni ish vaqtidan keyin hukumatning ba'zi a'zolari bilan birga xonasida yig‘ilishganini ma'lum qilgan. Orban qonun buzilsa, buning uchun jazo muqarrar bo‘lishi kerakligini aytgan.   

Ruminiyada 15 may kuni tugagan 60 kunlik karantindan keyin Orban hukumati 30 kunlik yuqori xavf rejimi amal qilishini belgilagan edi. Bu rejim vaqtida jamoat transporti va boshqa jamoat joylarida niqoblarni taqish shart qilib qo‘yilgan. Boz ustiga, mamlakatda 2016 yildan beri jamoat joylarida sigaret chekish taqiqlangan.

Ko‘proq yangiliklar: