Qoraqalpog‘istonda 2040 bosh yo‘rg‘a tuvaloqlar yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborildi

O‘zbekiston 12:42 / 02.06.2020 17027

Joriy yilning 28 may - 1 iyun kunlari oralig‘ida Qizil kitobga kiritilgan yo‘rg‘a tuvaloqlar yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborildi. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, qo‘mita hamda Falcon Hunting Solutions kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi hamda Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro uyushmasi Qizil kitobiga kiritilgan va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan noyob qush – yo‘rg‘a tuvaloqlar Qo‘ng‘irot tumanda tabiatga qo‘yib yuborildi.

Tabiat qo‘yniga 2040 bosh qush uchirma qilingan bo‘lib, ular Birlashgan Arab Amirliklariga qarashli bo‘lgan International fund for houbara conservation markazida ko‘paytirilgan.

Yo‘rg‘a tuvaloqlar 2009 yilda O‘zbekiston Qizil kitobiga noyob tur sifatida kiritilgan. Ular Qizilqum cho‘llarida yashaydi. Ularning soni va yashash maydoni 1960-yillardan boshlab qisqarishni boshlagan.

Ko‘proq yangiliklar: