Huawei O‘zbekistonda soliq to‘lovchiga aylandi

O‘zbekiston 13:42 / 02.06.2020 9011

Xabar qilinishicha, Hongkongda ro‘yxatdan o‘tgan Huawei Services (Hong Kong) Co., Limited 1 iyun kuni ro‘yxatga olingan.

Mamlakatda qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida ro‘yxatga olingan xorijiy internet kompaniyalarning soni 14taga yetdi.

Avvalroq, Google birinchi chorak uchun O‘zbekistonda 85 ming yevro, Apple esa 59,2 ming dollar to‘laganligi haqida xabar berilgan edi.

2020 yildan boshlab xizmatlar va tovarlarni elektron shaklda sotish bilan shug‘ullanuvchi xorijiy yuridik shaxslar O‘zbekistonda bunday xizmatlar bo‘yicha soliq to‘lovchi sifatida tan olinmoqda.

Soliq qo‘mitasi QQS bo‘yicha ofisni tashkil qildi, u O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy internet kompaniyalarga ro‘yxatdan o‘tish va soliqlar to‘lashni boshlash imkonini beradi.

Ko‘proq yangiliklar: