Foto: Bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlar So‘xda

O‘zbekiston 17:00 / 02.06.2020 58627

Hukumat vakillari davlat rahbari topshirig‘i bilan esklav hududdagi muammolarni o‘rganib, dastur tayyorlash va bu orqali mavjud muammolarni bartaraf etish uchun tashrif buyurishgan.

So‘x tuman hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mehmonlar dastlab Chashma bulog‘iga borishgan.

Tuman hokimligi matbuot xizmati e'lon qilgan suratlarda bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov, bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev, bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy munosabatlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov, bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Musayev, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov, Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev, Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov va boshqalarni ko‘rish mumkin.

Vazirliklar, ularning viloyat boshqarmalari rahbarlari vaziyatni barqarorlashtirish, ijtimoiy-siyosiy holatni yaxshilash, aholi muammolarini o‘rganish va hal qilish borasida manzilli birlamchi vazifalar dasturini ishlab chiqdilar.

Ayni damda So‘x tumani aholisi va faollari vujudga kelgan vaziyatni yumshatish borasida hukumat vakillari bilan birgalikda harakat qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 1 iyun kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov So‘xda mahalliy aholi vakillari bilan uchrashuvda tez orada hukumat vakillari ushbu hududga kelib, aholi muammolarini o‘rganishi va hal qilishi haqida aytgandi. Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham shu kunlarda Farg‘ona viloyatiga borishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: