Comnet internet tezligini kuchaytirdi va hammaga TVCOM'dan IPTV taqdim etadi

Fan-texnika 20:00 / 02.06.2020 4996

Internet kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar, ta'limiy va ko‘ngilochar dasturlar, onlayn xaridlar – bularning hammasi oddiy kundalik jarayonlarga aylanib qoldi.

Ko‘pchilik uyda qolishga majbur bo‘layotgan bugungi sharoitda internetning ahamiyati yanada oshdi. Axborotga tashnalik har qachongidan yuqori, ta'limni ham onlayn ko‘rinishda olishmoqda.

Bunday vaqtda ko‘pchilik internet-provayderlar katta hajmdagi bosimni ko‘tara olmay, ko‘rsatilayotgan xizmat sifati pasayganidan aziyat chekmoqda.

Comnet – zamonaviy talablarga javob beradigan va tarmoqda uzilishlar sodir bo‘lmasligiga 99,9 foiz kafolat beradigan O‘zbekistondagi kam sonli rivojlangan telekommunikatsion kompaniyalardan biri.

Sifatli uskunalar vositasida foydalanilayotgan FTTB va GPON texnologiyasi, shuningdek, internet kanalning yuqori o‘tkazuvchanligi o‘zini oqladi.

Siz oxirgi yangiliklardan doim bahramand bo‘lishingiz va karantin vaqtida hayotingizni qiziqarli o‘tkazishingiz uchun Comnet barcha mijozlar uchun TVCOM'dan IP-televideniyega 30 kun davomida bepul ulanish imkonini taqdim etadi.

Comnet mijozlariga IP-televideniye bepul taqdim etiladi.

Ma'lumot uchun, TVCOM xizmatlariga 78ta telekanal kiradi. Siz ularni to‘xtatib qo‘yishingiz va 7 kun davomida qaytadan ko‘rishingiz mumkin.

Shuningdek, onlayn kinoteatr xizmati ham mavjud. Barcha namoyishlar HD va Full HD formatida taqdim etiladi.

Siz sevimli film, serial va telekanallaringizni O‘zbekistonning istalgan nuqtasidan, qanday internet-provayderda ekaningizdan qat'i nazar tomosha qilishingiz mumkin.

TVCOM'ning yana bir ustunligi shundaki, undan har qanday qurilmada foydalanish mumkin:

  • Android va IOS smartfonlarida TVCOM Touchmobile dasturini yuklab olish orqali;
  • LG, Samsung, Sony, Artel, Roison kompaniyalari ishlab chiqarayotgan zamonaviy Smart-TV televizorlarida TVCOM dasturini yuklab olish orqali;
  • oddiy televizorlarda IPTV ta'minot uskunasini (pristavka) o‘rnatish orqali;
  • kompyuter va boshqa uskunalarda esa tvcom.uz saytiga kirish orqali barcha taqdim etilgan xizmatlarni tomosha qilishingiz mumkin.

TVCOM'ga ulanish bepul.

Tvcom.uz saytida ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

Promo-kod: sidimdoma

Salomat bo‘ling va TVCOM'ni zavq bilan tomosha qiling.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: